Miya falajidan aziyat chekuvchi Xitoy fuqarosi Hu Huiyuan kitob yozdi, deb xabar beradi The Daily Mail.
Deyarli umuman harakat qila olmaydigan 21 yoshli xitoylik qiz o‘z romanini noutbukda chap oyog‘i bilan yozib tugatdi. Kitob 60 mingga yaqin so‘zdan iborat.
Yozuvchi qiz klaviaturada bir daqiqa davomida 20 tadan 30 tagacha so‘z yozadi.
Ota-onasining gaplariga qaraganda, qiz bolaligida maktabga borish imkoniyatiga ega bo‘lmagan, ammo u televizordagi subtitrlar orqali savod chiqargan. Qiz tug‘ilganida shifokorlar uning o‘n kun ham yashamasligini ta’kidlagan.
“Men turli qiziqarli insonlar bilan muloqot qilish va yozish imkoniyatiga ega ekanligimdan juda baxtiyorman”, − deb ta’kidlaydi qizning o‘zi.
Izoh (0)