Art Expo Service kompaniyasi hamda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi taklifiga binoan Toshkentga tashrif buyurgan parijlik modelyer David Vinsen Kamuglio 21-yanvar kuni Osiyo Grand saroyida bo‘lib o‘tgan Angish modalar festivalida o‘zining yangi liboslar kolleksiyasini taqdim etdi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
Tashrif doirasida modelyer yosh o‘zbek libos dizaynerlari bilan muloqotda bo‘ldi.
U Kamolliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti hamda Respublika rassomlik kollejida mahorat darslarini o‘tkazdi.
Izoh (0)