Qozog‘istonning Aktobe shahrida tennis bo‘yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir bo‘lib o‘tmoqda. Mukofot jamg‘armasi 10 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi musobaqaning juftliklar musobaqasida O‘zbekistonning ikki vakili muvaffaqiyatli ishtirok etyapti, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Albina Xabibulina va Polina Merenkova juftligi qozog‘istonlik Go‘zal Aynitdinova hamda rossiyalik Polina Golubovskaya tandemidan ikki setda ham bir xil 6:2 hisobida ustun keldi.
Turnirda uchinchi raqamli juftlikni hosil qilgan o‘zbekistonlik tennischilar chorak final bahsida Fransiya va Isroil tennischilari hamkorligiga qarshi kortga chiqadi.
Izoh (0)