2015-yilning 28-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Sharqiy Urugvay Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Anibal Kabral Segalerbani qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida xabar berildi.
Elchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yo‘llangan ishonch yorliqlarini topshirdi.
Suhbat davomida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning holati va rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Muloqot chog‘ida xalqaro tashkilotlar, xususan, BMT va uning tuzilmalari doirasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar munosabatlarni institutlashtirishga qiziqish bildirdi. Ta’kidlab o‘tilganidek, ushbu qadam O‘zbekiston — Urugvay muloqotiga uzviy tus berish imkonini yaratadi. Hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asosi ustidagi qo‘shma faoliyat dolzarb ekanligi e’tirof etildi.
Uchrashuvda ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar ham ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)