Apple kompaniyasi 2015-yil I moliyaviy choragidagi (2014-yil 1-oktabrdan 31-dekabrgacha) ishlari natijalarini e’lon qildi, deb xabar bermoqda “LookAtMe.ru”.
Uch oyda kompaniya jami 74,6 milliard dollar ishlab topgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davridan 29,5 foizga ko‘pdir (2014-yil I moliyaviy choragida 57,6 milliard dollar bo‘lgan). Sof foyda esa 18 milliard dollarni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning shu davridagi 13,1 milliard dollarlik foydadan 37,4 foizga ko‘pdir.
Kompaniya o‘zining ham, Fortune mustaqil tahlilchilarining ham taxminlaridan ancha yuqori ko‘rsatkich qayd etgan. Apple ushbu davrda 63,5–66,5 milliard dollar ishlashni taxmin qilgan bo‘lsa, Fortune ushbu kompaniya 68,71 milliard dollar daromad qilishini aytgan.
Apple daromadlari butun tarix davomida neft kompaniyalarining, masalan, “Gazprom”, Royal Dutch, Shell va ExxonMobil kabilarning ko‘rsatkichlarini ortda qoldirgan.
Bu vaqt mobaynida Aplle o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 46 foiz ko‘proq iPhone (74,5 million dona), 14 foiz ko‘proq Mac kompyuterlari (5,5 million dona) va 17,7 foiz kamroq iPad (21,4 million dona) sotgan.
Izoh (0)