Lizard Squad xakerlar guruhi 27-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:00 dan keyin bir soat davomida Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlari ishlamay qolgani uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
Shuningdek, Lizard Squad a’zolari o‘z murojaatlarida AIM (AOL Instant Messenger) chat xizmati va jamoaviy ishlar uchun mo‘ljallangan, videokonferensiya hamda fayllar almashinuvi imkonini beruvchi HipChat himoyalangan chatini ham tilga olgan. Ushbu xizmatlarning barchasi xakerlik hujumi oqibatida ishlamay qolgan.
https://twitter.com/LizardMafia/status/559963134006292481
Qayd etilishicha, Lizard Squad xakerlari bungacha Electronic Arts kompaniyasi serverlariga, Origin xizmatiga, Xbox Live serverlariga hujum orqali tanilgan.
Izoh (0)