Moldovalik himoyachi Dmitriy Bogdan “Buxoro” klubida ko‘rikdan o‘tmoqda, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Dmitriy Bogdan — Moldova fuqarosi, shuningdek, Qozog‘iston fuqaroligiga ega. 25 yoshli futbolchi Moldovaning “Zimbru”, Qozog‘istonning “Tobol”, “Taraz” va “Qaysar” klublarida o‘ynagan.
Shuningdek, “Buxoro” klubi rasmiy sayti xabariga ko‘ra, klub yana bir moldovalik futbolchi Vitaliy Plemedyale bilan shartnoma imzolagan. Shartnoma muddati oshkor qilinmagan.
Izoh (0)