Rossiya hozircha Ukrainadan 3 milliard dollarlik qarzini to‘lashni talab qilmayapti, biroq bunday to‘lovlar uchun vaqt keldi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Lavrov shuningdek Moskva Ukraina iqtisodiyotini barqaror ushlab turish uchun boshqa qator choralarni ham ko‘rayotganini eslatib o‘tdi.
“Bularga gazning imtiyozli narxlarda yetkazib berilishi ham, elektr tokining Rossiyadagi ichki narx bo‘yicha yetkazilayotgani ham, ko‘mirning oldindan to‘lovsiz berilayotgani ham kiradi”, — dedi Lavrov.
Izoh (0)