24-yanvar kuni AQShda Sankt-Peterburgning Mariya teatri Simfonik orkestrining gastrol safari boshlandi. Konsertlarda ikki ajoyib pianinochi − o‘zbekistonlik Behzod Abduraimov va Denis Matsuyevlar qatnashadi, deb xabar bermoqda “Podrobno.uz”.
Teatr matbuot xizmatining xabarida aytilishicha, AQShning to‘qqizta shahrida: Enn-Arbor, Nyu-York, Troy, Morristaun, Chapel-Xill, Deytonu-Bich, Uest-Palm-Bich, Neypls va Mayamida konsert o‘tkaziladi.
Behzod Abduraimov ishtirokidagi konsertlar 27, 31-yanvar hamda 4-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘tgan shanba kuni u muvaffaqiyatli konsert o‘tkazgan.
Behzod Abduraimov 1990-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 5 yoshidan fortepiano chala boshlagan, Uspenkiy nomli Respublika ixtisoslashtirilgan musiqali akademik litseyda ta’lim olgan. Ayni paytda Kanzasdagi Parkvill universitetida tahsil olmoqda. Behzod 2009-yilda Behzod Londonda bo‘lib o‘tgan Xalqaro fortepiano tanlovida g‘alaba qozongan.
Izoh (0)