AQShga tashrif uyushtirayotgan Isroil prezidenti Reuven Rivlin Oq uy vakillari tomonidan taklif qilingan AQSh prezidenti Barak Obama bilan uchrashuvga vaqt ajratolmasligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Zakon.kz”.
Avvalroq, Obama Kongressda ma’ruza qilishga taklif qilingan, prezidentga muxolif bo‘lgan respublikachilarni qo‘llab-quvvatlovchi Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu bilan uchrashishni rejalashtirmayotgani ma’lum bo‘lgan edi.
Oq uy matbuot kotibi vakili Josh Ernst Netanyahu bilan uchrashuv rad etilishini Eronning yadro dasturi borasida AQSh va Eron rahbarlarining qarashlaridagi farqlar ekanligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)