Shu yilning 23-yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida rejissyor Zulfiqor Musoqovning “Novda” badiiy filmi premyerasi o‘tkazildi. Bu haqda kino saroyning axborot xizmatiga tayanib, “Uz24.uz” xabar bermoqda.
Yangi kartina “O‘zbekfilm” kinostudiyasida tasvirga olingan bo‘lib, unda bir ahil qishloq oilasi, ilk muhabbat, Vatanga, ota-onaga muhabbat haqida hikoya qilinadi. Qayd etilishicha, ekspertlar filmni buyuk italyan kinorejissyori F. Fellinining “Amarkord” (1973) badiiy filmiga o‘xshatmoqda. Biroq manbada filmning aynan qaysi jihatlari o‘xshatilgani haqida ma’lum qilinmagan.
Film ijodkorlari:
- postanovkachi operator — Azizbek Orziqulov;
- postanovkachi rassom — Bektosh Rajabov;
- kompozitor — Mariya Musoqova.
Ma’lumot uchun, “Amarkord” — F.Fellini suratga olgan mashhur kartinalardan biri. Film avtobiografik xususiyatga ega bo‘lib, unda rejissyor o‘z bolalik xotiralariga asoslanadi.Mazkur film uchun Fellini 1976-yilda “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Izoh (0)