Xitoyning shimoli-g‘arbida joylashgan Shensi provinsiyasida olib borilgan qazishma ishlari chog‘ida bundan 3 ming yil avval tayyorlangan arava topildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Olimlarning fikricha, arava dafn marosimi vaqtida yerga ko‘milgan: qadimda marhum bilan birga unga narigi dunyoda kerak bo‘lishi mumkin deb hisoblangan buyumlarni ko‘mish udumi bo‘lgan.
Arxeologlarning fikricha, dabdabali arava yaxshi saqlangan, chunki yuzasi lak bilan qoplangan. U bilan birga yerga bir qator ot abzallari ham ko‘milgan. Mutaxassislar shuningdek ot va qo‘ylarning qoldiqlarini ham topgan. Bu mahalliy aholining ko‘chmanchi qabilalar bilan aloqasi bo‘lganidan dalolat beradi.
Izoh (0)