Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ayni damda Ummon sultonligi Al-Amirat shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Masqad festivali”ning 25 yillik yubiley tadbirida O‘zbekistondan bir guruh delegatsiya qatnashmoqda. Folklor yo‘nalishda ijod qiluvchi “Surxon” guruhi ayni damda festival ishtrokchilaridan biridir, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.

Foto: popcorn.uz

Foto: popcorn.uz

Festivalda turli davlatlardan kelgan ishtrokchilar o‘z milliy urf-odatlari, milliy hunarmandlik mahsulotlari, qolaversa, milliy qo‘shiqlarini butun dunyodan tashrif buyurgan mehmonlarga taqdim etishadi.

Mazkur katta festivalga 11 mamlakatdan, ya’ni O‘zbekiston, Ummon, Tayland, Fransiya, Misr, Hindiston, Tanzaniya, Eron, Marokko, Turkiya va Xitoydan vakillar kelishgan. Undagi har bir davlat uchun maxsus ajratilgan joyda o‘sha yurtning milliy madaniyati va o‘ziga xos maqbaralarini aks ettiruvchi eksponatlar, kichik shaharcha ko‘rinishidagi dekoratsiyalar qurilgan. Ma’lum bo‘lishicha, ularni har bir davlatdan yuborilgan fotosuratlar bo‘yicha quruvchilar bunyod etishgan. Bundan tashqari, o‘ndan ortiq sahnalar qurilgan bo‘lib, turli millat san’atkorlari uchun 30−45 daqiqadan vaqt ajratilgan. Bizning hamyurtlarimiz 21-yanvar Toshkent vaqti bilan 21:00 da sahnaga chiqdi va o‘zbek milliy ashulalarini ijro etishdi.

Bir oy davomida bo‘lib o‘tadigan mazkur festivalni tomosha qilishga kelgan chet ellik mehmonlar va barcha qatnashchilar olam-olam ta’assurotlar olishadi, o‘zga millatlar san’ati bilan yaqindan tanishishadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda haj ziyoratiga borish uchun to‘lov miqdori e’lon qilindi
Mahalliy
O‘zbekiston va Jahon banki sheriklik dasturi 4 mlrd dollarlik loyihalarni o‘z ichiga olishi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Nabirasining jasadi oldida o‘tirgan bobo, o‘qqa tutilayotgan rossiyalik harbiylar, bo‘lajak to‘yini nishonlayotgan shahzoda —1-iyun suratlari