• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Benjamin Uilyamsni avstraliyaliklar ham yomon ko‘rishadi

    Avstraliyalik hakam Benjamin Uilyamsning Osiyo kubogidagi ketma-ket qo‘pol xatolari nafaqat musobaqa ishtirokchilarining, balki avstraliyaliklarning ham keskin noroziligiga sabab bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.

    Foto: zimbio.com

    Foto: zimbio.com

    Dastlab Uilyams Eron va Bahrayn terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni boshqarib bordi. Eronliklar bosh murabbiyi Karlos Keyrush ketma-ket xatolarga yo‘l qo‘ygan hakamni matbuot anjumanida tanqid qilgani bois OFK tomonidan 3000 dollar miqdorida jarima bilan jazolandi.

    Shundan so‘ng Benjamin O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni o‘yinida 2 ta o‘ta qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydi. U yo‘q joydan O‘zbekiston darvozasiga penalti belgilab, jamoamizning bitta toza golini inobatga olmadi. Shunga qaramay, OFK unga chorak finalning yana bir o‘yinini ishonib topshirdi. U esa yana bir marta ishonchni oqlamadi. U Eron va Iroq o‘rtasidagi o‘yinda fors futbolchisi Mehrdod Po‘lodiyga yo‘q joydan ikkinchi sariq kartochkani o‘ylab topdi va 43-daqiqada Keyrush jamoasining bir kishi kam bo‘lib qolishini ta’minladi. O‘yin penaltilar seriyasigacha davom etib (asosiy vaqt - 3:3), unda Iroq 7-6 hisobida g‘alaba qozondi.

    Yuqorida aytganimizdek, avstraliyalik mutaxassislar ham Uilyamsni keskin tanqid ostiga olishdi. Jumladan, sobiq futbolchi Jon Aloizining fikricha, Benjamin Po‘lodiyga haddan tashqari erta sariq kartochka bergan.

    “Men uchun bu o‘yindagi hakamlar juda yomon bo‘ldi. Menimcha, ushbu vaziyatda u nima qilayotganini bilgan holda bu ishga qo‘l urdi. Biz so‘z erkinligi haqida ko‘p gapiramiz, ammo hakam bunga amal qilmadi. O‘ylashimcha, Benjamin tanqidiy so‘zlar uchun Keyrushni jazoladi.

    Men futbolchilik paytimda ham, murabbiylik paytimda ham Uilyams bizning o‘yinlarni boshqarib borgan. Men hamisha uning sha’niga maqtov so‘zlarni aytardim. Bilardimki, agar uni tanqid qilsangiz, u darhol sizga qarshi ishlashni boshlaydi. Agar uni maqtasangiz, u sizga yordam berishi mumkin”, − deydi Aloizi.

    Benjamin Uilyams Avstraliya A ligasi o‘yinlaridan bir necha marta chetlashtirilgan. Masalan, o‘tgan yilning oktyabr oyida Avstraliya futbol federatsiyasi kubogi doirasida u "Sidney" FK himoyachisi Nikola Petrovichni nohaq maydondan chetlatgani uchun 7ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.

    Avstraliyalik sobiq darvozabon Mark Bosnich ham Benjamin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

    “U O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni o‘yinida qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydi. Vitaliy Denisov qoida buzdi deya O‘zbekiston darvozasiga penalti qo‘yish xato qaror edi. Uni yana o‘yinlarga tayinlash kulgili qaror edi. Men ham xuddi eronliklar singari shokka tushdim”, − deydi Bosnich.

    Hozircha OFK vakillari Benjamin Uilmsning xatolari bo‘yicha izoh berishdan bosh tortishmoqda. Uilyamsning o‘zi esa jurnalistlarning qo‘ng‘iroqlariga javob bermayapti.

    25.01.2015, 11:51   Izoh (0)   6367
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qrim klublari futbol bo‘yicha Rossiya chempionatidan chetlatildi

    24.01.2015, 11:03

    Ukrainalik futbolchi o‘yin vaqtida telefonda gap sotdi

    22.01.2015, 22:43

    Mirjalol Qosimov: Sardor Rashidov yurakdan o‘ynashda davom etishi kerak

    22.01.2015, 16:54

    Anzur Ismoilov: “Vaziyatlardan foydalana olmaganimiz uchun yutqazdik”

    22.01.2015, 16:48

    Janubiy Koreya bosh murabbiyi: Yarim finalda raqib kim bo‘lishining ahamiyati yo‘q

    22.01.2015, 16:44

    Janubiy Koreya—O‘zbekiston. Chorak final. “Daryo” onlayni

    21.01.2015, 21:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Pavel Durov o‘z muvaffaqiyatining sirini ochdi

    Layfstayl | 12 iyul, 10:45

    “Barselona” asosiy e’tiborini Reshford transferiga qaratadi

    Sport | 12 iyul, 10:35

    O‘zbekistonda qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 10:25

    Isroil HAMASning 6 ta yuqori martabali dengiz qo‘mondonini yo‘q qilganini e’lon qildi

    Dunyo | 12 iyul, 10:06

    Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

    Dunyo | 12 iyul, 09:35

    “Mantiqsizlik. Bu futbol uchun qora kun” — “Kristal Pelas” Yevropa Ligasidan chetlatildi

    Sport | 12 iyul, 09:14

    Toshkent va Farg‘onada universitetlar kafedra o‘qituvchilari pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 08:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.