Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaman prezidenti Abd Rabbu Mansur Xadi va bosh vazir Holid Mahfuz Baxax boshchiligidagi hukumat shia isyonchilari bilan kelishuvga erishilganidan bir kun o‘tib iste’fo uchun ariza berdi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Dastlab hukumat iste’fosi haqidagi arizani bosh vazir prezidentga jo‘ntagan bo‘lsa, keyin o‘z navbatida prezident o‘z iste’fosini so‘rab parlament raisi Yahyo Ali ar Rayiga murojaat qilgan.

Biroq parlament iste’foni qabul qilmagan. Ar Rayi deputatlar 23-yanvar kuni favqulodda yig‘ilish o‘tkazishi lozimligini ma’lum qilgan. Isyonchilarning “Ansar Alloh” tashkiloti siyosiy byurosi a’zosi Abdul Malik Yusuf al Fishiy esa Xadining iste’fo haqidagi qarorini qo‘llab-quvvatlagan. Mamlakatning ba’zi viloyatlari rahbarlari hukumat buyruqlarini bajarishdan bosh tortgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kitob
“Shayton kitob timsolida hayotimga kirib kelgan va barcha narsani o‘ziniki qilib olgan edi…” “Qora kitob” asari haqida
Dunyo
Yuzga tushgan chandiq, quldorlarga qarshi kurash va teatrda otib ketilgan prezident — Linkoln. Xalq orasida eng mashhur AQSH prezidenti taqdiri
Kino
“Yonarqo‘ng‘izlar qabri”, “Yurak shiviri”, “Mushukning qaytishi”  — Yapon rejissorlarining eng yaxshi animelari