Avstraliya ochiq chempionatida yakkalik bahslaridan tashqari juftlik bellashuvlari ham qizg‘in davom etmoqda, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Yakkalikda o‘z yurishini birinchi raunddayoq to‘xtatgan O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin juftlikda omadliroq qatnashmoqda.
Qozog‘istonlik Andrey Golubev bilan tandem hosil qilgan Istomin musobaqa mezbonlarini bahslardan chiqarib yubordi. Nik Kirgios hamda Tanasi Kokkinakisdan iborat juftlik Markaziy Osiyo vakillariga 3:6, 6:2 va 2:6 hisoblarida mag‘lub bo‘ldi.
Izoh (0)