Toshkentda 22-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.
Prezident Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi va uning o‘rinbosarlari lavozimlariga nomzodlarni taqdim etdi.
Senat a’zolari yashirin ovoz berish yo‘li bilan Senat Raisi lavozimiga Nig‘matilla Yo‘ldoshevni, Rais o‘rinbosarlari etib Svetlana Ortiqova va Musa Yerniyazovni sayladi.
Majlisda senatorlar Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari, Qonunchilik va sud-huquq masalalari, Mudofaa va xavfsizlik masalalari, Tashqi siyosat masalalari, Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari, Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitalarini tashkil etdi hamda ularning raislarini sayladi. Senatning Reglament va odob komissiyasi ham tuzildi.
Majlisda ko‘rilgan barcha masalalar yuzasidan Senat qarorlari qabul qilindi.
Shu bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisi nihoyasiga yetdi.
Izoh (0)