2014-yil yakunlariga ko‘ra, Rossiyada avtomobildan mamnun bo‘lish reytingida BMW brendi yetakchilik qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” “Avtostat” agentligi o‘tkazgan tadqiqot ma’lumotlariga tayanib.
So‘rov ishtirokchilariga 16 ta mezon bo‘yicha o‘z avtomobillaridan qoniqish darajasini belgilash taklif etildi. Natijada eng ko‘p ballni BMW markasi (88,5 ball), undan keyin Land Rover (88,2) va Lexus (88) to‘pladi.
Ushbu brenddagi mashinalar egalari harakatning ravonligi, dizayn, yo‘lda chidamlilik va yig‘ilish sifatini yuqori baholadi. Birinchi o‘ntalikka shuningdek Honda (87 ball), Toyota (86,8), Volkswagen (84,4) va Skoda (84,3) kirdi.
Lada (68,8) va Daewoo (66,9) markalari 70 balldan kam to‘plab, reyting autsayderlariga aylandi. Ushbu avtomobillar egalari yukxonaning sig‘imliligi, yoqilg‘i sarfi va ta’mirlash narxidan yuqori darajada mamnun. Biroq korroziyaga chidamlilik, shovqin izolyatsiyasi va yig‘ilish sifatidan norozi ekanligi aniqlandi.
Izoh (0)