OFK Osiyo kubogining chorak final o‘yinlariga tayinlangan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘yinni saudiya arabistonilik Fahad al-Mirdasiy boshqarib boradigan bo‘ldi. Referiga qanotlarda hamyurtlari Badr ash-Shumroniy va Abdulla ash-Shalvay yordam beradi.
Shuningdek, avstraliyalik Benjamin Uilyamsga Eron va Iroq o‘rtasidagi o‘yin ishonib topshirildi. O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi o‘yinda yo‘l qo‘ygan qo‘pol xatolariga qaramay, OFK unga yana bir marta ishonch bildirdi.
O‘zbekistonlik Ravshan Ermatov chorak final o‘yinlariga tayinlanmadi. Uning keyingi bosqichda ishlashi kutilmoqda.
Osiyo kubogi — 2015. Chorak final o‘yinlarini boshqarib boradigan hakamlar:
Janubiy Koreya — O‘zbekiston
- Bosh hakam: Fahad al-Mirdasiy (Saudiya Arabistoni)
- 1-yordamchi: Badr ash-Shumroniy (Saudiya Arabistoni)
- 2-yordamchi: Abdulla ash-Shalvay (Saudiya Arabistoni)
- Bosh hakam: Kim Dong Chjin (Janubiy Koreya)
- 1-yordamchi: Chjeong Xe Sang (Janubiy Koreya)
- 2-yordamchi: Yang Byong Yeun (Janubiy Koreya)
- Bosh hakam: Benjamin Uilyams (Avstraliya)
- 1-yordamchi: Metyu Krim (Avstraliya)
- 2-yordamchi: Pol Setrangolo (Avstraliya)
- Bosh hakam: Alirizo Fag‘oniy (Eron)
- 1-yordamchi: Rizo Suxandon (Eron)
- 2-yordamchi: Muhammad Abulfazli (Eron)
Izoh (0)