Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Janubiy Koreya terma jamoasi hujumchisi Nam Te Xi (“Laxviya”, Qatar) OFK tomonidan 4000 AQSh dollari miqdorida jarimaga tortildi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.

Nam Te Xi. Foto: stadion.uz

Nam Te Xi. Foto: stadion.uz

Futbolchi 13-yanvar kuni Janubiy Koreya — Quvayt o‘yinida ayyorlik ishlatganligi tufayli sariq kartochka bilan jazolangan edi. Koreys futbolchisi quvaytlik futbolchi bilan to‘qnashib ketgan va ayyorona yiqilgan edi. OFK shu o‘yindagi vaziyat uchun koreys futbolchisini jarimaga tortdi. Nam Te Xi yana bir sariq kartochka olsa, chorak finalda maydonga tusha olmas edi. O‘zi shundoq ham 2 nafar asosiy yarim himoyachisini yo‘qotgan Janubiy Koreya bosh murabbiyi Uli Shtilike Nam Te Xini Avstraliyaga qarshi o‘yinga tushirmadi.

Xabar berilganidek, koreyslarning Ku Ja Chol (“Mayns-05”, Germaniya) va Li Chung Yong (“Bolton”, Angliya) kabi muhim futbolchilari jarohatlari jiddiyligi sabab o‘z vataniga uchib ketdi. Katta ehtimol bilan Nam Te Xi chorak finalda O‘zbekistonga qarshi o‘yinda maydonda aynan shu yo‘qotilgan futbolchilar o‘rnini egallaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Zelenskiy Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam berayotgan davlatlarga qarshi ochiq kurash olib borishga va’da berdi
Dunyo
Iordaniya shahzodasining dabdabali to‘yi, sirkdan qochgan lamalar, plakat “ushlab olgan” it — 2-iyun suratlari
Dunyo
Yaponiyada “Mavar” to‘foni tufayli milliondan ortiq odam evakuatsiya qilindi