“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu raqiblari darvozasini ishg‘ol qilishda va klubning sobiq futbolchilarini ortda qoldirishda davom etmoqda, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Ronaldu Ispaniya chempionatining 19-turidan o‘rin olgan “Xetafe”ga qarshi uchrashuvda jamoasining uchta golidan ikkitasiga mualliflik qildi. O‘z navbatida, madridliklar safidagi 289-golini urdi va 288 ta gol urgan “Qirollik klubi”ning sobiq hujumchisi Karlos Santilyanuni ortda qoldirdi.
Shu tariqa, Ronaldu klub to‘purarlari safida uchinchi o‘ringa chiqib oldi. Oldinda Alfredo di Stefano (307) va Raul (323) turibdi.
Ronaldu Ispaniya chempionatida 206 bor gol urgan bo‘lsa, Ispaniya kubogida 21 ta, chempionlar ligasida 57 ta, UEFA superkubogida 2 ta va Ispaniya Superkubogida 3 ta golga mualliflik qilgan.
Izoh (0)