Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi “Qillisoy” kollektori va “Qo‘ng‘ir” nasos stansiyasida amalga oshirilgan rekonstruksiya ishlaridan so‘ng kuchli sho‘rlangan hamda sizot suvlari ko‘tarilgan 670 gektar ekin maydonining meliorativ holati yaxshilanadigan bo‘ldi. Bu haqda “Xalq so‘zi” gazetasi xabar bermoqda.
Suv resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan hududiy dasturga asosan ro‘yobga chiqarilgan ushbu loyiha uchun 504 million so‘m ajratildi.
Ta’kidlash kerakki, 2014-yilda viloyatdagi 19 ta irrigatsiya va melioratsiya inshootida 28 milliard 300 million so‘mlikdan ortiq rekonstruksiya hamda qurilish ishlari bajarilgan edi.
Izoh (0)