FIFA rasman Madridning “Real” klubi borasida transfer bilan bog‘liq tekshiruvlarni boshladi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Ma’lumotlarga qaranganda, tekshiruv “Real”ning voyaga yetmagan futbolchilarni harid qilishi bilan bog‘liq. Ushbu tekshiruv yuzasidan FIFA “Real” bilan hamkorlik qiladigan Madrid avtonom jamiyati a’zolari hisoblangan 20 ga yaqin klublar bilan suhbat qurgan.
Qayd etish lozim, “Real” FIFAning rasmiy tekshiruv boshlaganidan havotirga tushgan. “Real” klubi bu borada allaqachon Madriddagi klublar bilan bog‘lanib, klub ruxsatisiz FIFAga rasmiy bayonot bermaslikni so‘ragan.
Izoh (0)