Jahon banki tomonidan 2015-yil 13-yanvar kuni e’lon qilingan “Global iqtisodiy istiqbollar” hisobotida O‘zbekiston iqtisodiyoti 2015-yilda 7,4 foizga o‘sishi prognoz qilingan, deb xabar bermoqda UzDaily.
Shuningdek, Jahon bankining 2016-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi borasidagi prognozi ham yaxshilangan. Avval bu 6,7 foiz bo‘lishi taxmin qilingan bo‘lsa, yangi hisobotda 8,2 foiz deb taxmin qilingan. 2017-yilgi o‘sish esa 8,1 foizni tashkil etishi aytilgan.
2014-yilgi o‘sish 7,9 foiz bo‘lgani qayd etilgan. 2014-yil iyun oyidagi hisobotda bu ko‘rsatkich 7 foiz bo‘lishi taxmin qilingan edi. 2014-yilda joriy operatsiyalar saldosi yalpi ichki mahsulotning 1,7 foizini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2015-yilda 1,5 foiz, 2016-yilda 1,7 foiz, 2017-yilda 1,3 foiz bo‘lishi taxmin qilingan.
Izoh (0)