Yamanda tuya o‘z xo‘jayini vafotidan so‘ng uning qabrini deyarli bir hafta beri tark etmadi. Bu haqda “Sado” gazetasiga asoslanib “Kun.uz” xabar berdi.
Gazetalarning marhum oila a’zolaring so‘zlaridan iqtibos keltirishlaricha, tuya ovqat yeyishdan ham bosh tortgan hamda ular tuyaga majburan ovqat yedirishga harakat qilishgan.
Tuya qabr yonidan ketishga qarshilik ko‘rsatmoqda. Marhumning oila a’zolarining aytishicha, kech tushganda uni fermaga qaytarish ham qiyin kechmoqda. Ertalab eshik ochilishi bilan u yana qabr yoniga borishga shoshilmoqda. U hattoki ovqat yeyishdan ham bosh tortmoqda.
Izoh (0)