Hindiston nashrlari mamlakat poytaxti Nyu-Deli shahrida AQSh prezidenti Barak Obamaning bo‘lajak tashrifi munosabati bilan yuqori darajadagi xavfsizlik choralari ko‘rilayotganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Exo Moskvi”.
AQSh maxsus xizmatlarining talabi bilan, shahardagi barcha baland binolarga zamonaviy havo hujumidan himoya vositalari o‘rnatiladi.
Qayd etilishicha, Barak Obama Hindistonga milliy bayram tantanalari munosabati bilan taklif qilingan. Tashrif yanvar oyi oxirida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)