Qirg‘iziston mustaqillikka erishgandan buyon xufyona iqtisodiyot tufayli 3,4 milliard dollar byudjetga tushmay qolgan. Bu haqda Qirg‘iziston respublikasi hukumati apparatining axborot ta’minoti bo‘limi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “24.kg”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yashirin daromadlarning Qirg‘iziston yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 39 foizgacha yetadi. Mamlakat vazirlar kengashi 2015-yil mart oyigacha xufyona iqtisodiyot darajasini pasaytirish uchun choralar ishlab chiqmoqchi.
Izoh (0)