Osiyo Kubogi “B” guruhining birinchi o‘yini bo‘lgan O‘zbekiston — KXDR uchrashuvining eng yaxshi o‘yinchisi deb O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeyev tan olindi. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda.
U mazkur o‘yinning 63-daqiqasida O‘zbekistonga g‘alaba keltirgan yagona golga mualliflik qildi.
Igor Sergeyevga musobaqa tashkilotchilari tomonidan Samsung kompaniyasining eng so‘nggi rusumdagi smartfoni taqdim etildi.
Izoh (0)