Pokiston janubida terrorchilik faoliyatida aybdor deb topilgan G‘ulom Shabbir va Ahmad Ali 7-yanvar tongida qatl etildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Eslatib o‘tamiz, 2014-yil dekabr oyida Peshovar shahridagi harbiy bilim yurtiga terrorchilar hujum qilganidan so‘ng Pokistonda o‘lim jazosiga qo‘yilgan moratoriy bekor qilingan va ushbu jinoyatda aybdor deb topilgan bir necha kishi qatl etilgan edi.
Izoh (0)