Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh sudi Los-Anjelesda yashovchi 24 yoshli Stiven Ulleriga 2 yillik qamoq jazosi tayinladi. U mushuk o‘ldirgani uchun ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Gazeta.ru”ga asoslanib “Kun.uz” xabar bermoqda.

Foto: nmisr.com

Foto: nmisr.com

Stiven Ulleriga “uy jonivorlariga nisbatan o‘ta shafqatsiz munosabatda bo‘lish” aybi qo‘yilgan. Sudda u o‘zining bu “qilmishi”ga mushuklarning tishlovchanligi sabab bo‘lganini aytib o‘tgan.

Ma’lumot uchun, ushbu sud jarayoni qariyb ikki yil oldin boshlangan edi. Ulleri 2013-yilda “daydi mushuklar uyi”ga ikkita o‘lgan mushukni olib kelib, bu jonivorlar o‘lib qolgani uchun tovon puli undirmoqchi bo‘lgan. Lekin, keyin aniqlanishicha, bu mushuklarni uning o‘zi o‘ldirgan bo‘lib chiqdi. Qolaversa, u yana boshqa uch mushuk o‘limida ham aybdor deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qarshida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)
Mahalliy
Nogiron fuqaroning bo‘yniga zanjir bog‘langani aks etgan video yuzasidan izoh berildi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda