Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan “Malika” maishiy texnika va elektronika yarmarkasi (“Fleshka” savdo markazi) ko‘chiriladi. Bu haqda Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi “Uz24.uz” murojaatiga javoban ma’lum qilgan.
Savdo markazi ko‘chirilishining sababi sifatida yarmarka oldidagi Kichik halqa yo‘li ko‘chasida tirbandlik yuqoriligi haydovchilar va aholining noroziligiga sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan. Yarmarka qayerga va qachon ko‘chirilishi hozircha noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, yarmarka hozirgi joyga 2011-yilda Navoiy ko‘chasidan ko‘chirilgan bo‘lib, bu hududda uy-joylar majmuasi qurilgan edi.
Izoh (0)