Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-iyunda qabul qilingan “2013—2018-yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Samarqand viloyatida 95 ta ana shunday markaz foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan edi. Bu haqda “Zarafshon” nashri xabar bermoqda.

Samarqand viloyati. Foto: O‘zA

Samarqand viloyati. Foto: O‘zA

Yangi yil arafasida Paxtachi, Jomboy tumanlari hamda Kattaqo‘rg‘on shahrida madaniyat va aholi dam olish markazlari faoliyat boshladi.

Paxtachi tumani Ziyovuddin shaharchasidagi madaniyat va aholi dam olish markazi ancha yillardan buyon foydalanilmay kelayotgan kinoteatr binosini rekonstruksiya qilish yo‘li bilan barpo etildi. Bayram arafasida markazning ochilishi tuman aholisini, ayniqsa, bu yerda faoliyat boshlagan to‘garaklarga oshiqayotgan yoshlarni quvontirdi.

“Madaniyat va aholi dam olish markazini to‘rt oy muddat ichida foydalanishga topshirdik, — dedi “Narpay standart” qurilish tashkiloti rahbari Qahramon Roziqov. — Qiymati 360 million so‘mlik bo‘lgan mazkur bino, umid qilamizki, xalqimizning yaxshi kunlariga xizmat qiladi. Maskanda san’at va madaniyatga oshufta bo‘lgan farzandlarimiz kamol topishiga ishonamiz”.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Mahalliy
Qatar amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Karyera
Hokimiyat ularning qo‘llarida: Butun dunyoni boshqaradigan beshta oila (foto)