Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhida Universal Mobile Systems (UMS) mobil operatori mijozlari xalqaro SMS-xabarlar jo‘natib bo‘lmasligidan nolidi.
Tegishli xabarni guruhga joylashtirgan foydalanuvchining qayd etishicha, kompaniya saytida xalqaro SMS-xabarlarni jo‘natish uchun tariflar berilgan, biroq bu xizmatni amalga oshirishning imkoni yo‘q. Mijoz telefon orqali operator bilan bog‘lanib bu haqida so‘raganda esa noqulaylik uchun uzr so‘rash bilan cheklanilganini ma’lum qilgan. Foydalanuvchi bu haqda na kompaniya saytida, na Facebook’dagi sahifasida ma’lumot berilmaganidan noligan.
UMS rasmiy saytida tarif rejalari haqida ma’lumot berilgan sahifalarida 1ta xalqaro SMS-xabar jo‘natish narxi 0,15 dollar deb ko‘rsatilgan, biroq tarif shartlari bo‘limida xalqaro SMS-xabarlar kafolatli tarzda faqat “MTS” guruhi mobil operatorlari (Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Armaniston va Turkmanistondagi “MTS” operatorlari) abonentlariga jo‘natilishi mumkinligi qayd etilgan.
Izoh (0)