Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat hududida xorijiy davlatlar maxsus xizmatlari faollashib qolganini qayd etdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
“Kontrrazvedka bo‘linmalaridan yuqori darajada e’tibor va safarbarlik talab etiladi. Rossiyada ish olb borayotgan xorijiy davlatlar maxsus xizmatlari faolligi oshib qolgan. Joriy yilda faqat kontrrazvedka xizmati tomonidan chet mamlakatlar maxsus xizmatlarining 230 dan ortiq xodimlari va agentlari qo‘lga olindi”, − dedi Putin Xavfsizlik organlari xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali kechada.
Rossiya prezidenti davlat chegarasini qo‘riqlashga jiddiy e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi. “Tashqi razvedka xizmati oldida ham ko‘plab vazifalar turibdi, jumladan, ehtimoliy tahdid va xavflarni aniqlash va tahlil qilish sohasida. Shuningdek, asosiy xalqaro vaziyatlarning xususiyatlari va rivojlanish ehtimolini o‘rganishda ham ularning roli muhim”, − dedi Putin.
Izoh (0)