O‘zbekiston milliy terma jamoasi Dubaydagi yig‘in doirasida Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Uchrashuvda Mirjalol Qosimov shogirdlari 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Birinchi bo‘lim boshida O‘zbekiston terma jamoasi tashabbusni o‘z qo‘liga olishga harakat qildi. Iordaniya esa ko‘proq qarshi hujumga e’tibor qaratdi. Shunga qaramasdan birinchi golni aynan raqib kiritdi.
Al-Saifi 16-daqiqada hisobni ochgach, o‘zbekistonlik futbolchilar vaziyatni o‘nglash uchun yana bosimni oshirdilar. 32-daqiqada Iordaniya terma jamoasi darvozaboni Farrux Sayfiyevni qo‘pollik bilan to‘xtatib qolgani uchun penalti belgilandi. Penaltini Sardor Rashidov aniq amalga oshirdi.
Aynan Sardorning o‘zi ikkinchi bo‘lim oxirida yana bir gol kiritib, terma jamoamizga o‘rtoqlik o‘yinida g‘alaba keltirdi.
O‘rtoqlik o‘yini
O‘zbekiston - Iordaniya - 2:1
Gollar: Al-Saifi 16, Sardor Rashidov 32 (pen), Sardor Rashidov 87
O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov, Anzur Ismoilov, Yegor Krimets, Shuhrat Muhammadiyev, Vitaliy Denisov, Javlon Ibrohimov, Lutfulla To‘rayev, Timur Kapadze, Jamshid Iskanderov, Sardor Rashidov, Bahodir Nasimov.
Iordaniya: Shafiy, Al Dmeyriy, Xattob, Zahran, Elias, Ratib, Dovud, Dib, Abu Amara, Al Sayfiy, Xayel.
Izoh (0)