Mixail Xodorkovskiy o‘zining ozod qilinishi munosabati bilan qilgan murojaatida Rossiyada iqtisodiy inqiroz nima sababdan yuz berayotganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
“Ha, neftning narxi tushyapti. Biroq Rossiyadagi turmush darjasining halokatli tarzda tushayotganining sababi bu emas. Iqtisodiyoti neftga bog‘liq Norvegiya va Nigeriya kabi davlatlarda ham valyuta 12-15 foizga pasaygan. Aholi jamg‘armalari va daromadlarini yo‘qotmayapti. Birjada vahima yo‘q, stavkalar 17 foizgacha bormaydi.
Inqirozning sababi bunda emas. Bu hukumatga hech kim ishonmay qo‘ygan: na ichkarida, na tashqarida. Hatto so‘zda Putinni eng qattiq qo‘llab quvvatlayotganlar ham dollar kursi yanada ko‘tarilmasidan almashtirish uchun valyuta ayirboshlash shoxobchalariga oshiqmoqda”, − dedi Xodorkovskiy.
Endi hatto neftning eng yuqori narxlari ham iqtisodiy o‘sishni ta’minlay olmasligini ta’kidlagan Xodorkovskiy shunga qaramay Rossiyada hali imkoniyat borligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)