Shimoliy Koreya rahbariyati AQSh tomonidan dushmanlik siyosati davom ettirilaversa o‘zining yadro qurolini rivojlantirishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
“AQShning respublikamizni egallash maqsadida inson huquqlarini himoyasi uchun kurash bahonasi ostida amalga oshirayotgan dushmanlik siyosati oydinlashgan bir paytda Koreya yarimorolini yadro qurolidan holi qilish g‘oyasi dolzarb bo‘lmay qoldi”, − dedi KXDR Tashqi ishlar vazirligi vakili.
Qayd etilishicha, KXDR AQShning ogohlantirishlariga qaramay yadro qurolini rivojlantirish niyatida. Shuningdek, Shimoliy Koreya Sony Pictures kompaniyasiga uyushtirilgan kiberhujumda o‘zi aybdor emasligini isbotlash maqsadida surishtiruvni birgalikda amalga oshirishni talab qilmoqda.
Izoh (0)