Poytaxtda umidli, yosh sportchilar ishtirokida Toshkent shahar kubogi uchun musobaqalar o‘tkazildi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi.
“Ays avenyu” muz saroyida o‘tkazilgan musobaqalarning yakuniga ko‘ra, Shohsanam Tohirova, Mariya Filippova, Komila Farajayeva, Yekaterina Tertichnaya, Laziza Soliyeva, Alena Mezenseva, Diana Rahmonqulova, Anastasiya Sazonova, Angelina Luft, Aleksandra Goreva, Sofiya Vidrina, Tamara Mamatqulova, Komila Abdullajonova, Sevinch Bahromova, o‘g‘il bolalar bahsida Azizmurod Shabazov, Amirxon Ismatullayev va Jamshid Toshmuhammedov g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Juftlik bahslarida Amira Mirolimova va Shohrux Sultonov ijrosidagi kompozitsiya hakamlar tomonidan yuqori baholangan bo‘lsa, Yuliya Kim va Aleksandr Kuropatka ikkinchi, Alina Pavlishyuk va Konstantin Li juftligi uchinchi o‘rinni egalladi.
Izoh (0)