Yevropa Ittifoqi HAMASni terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatidan chiqardi
Yevropa umumiy yurisdiksiya sudi Falastindagi HAMAS guruhini terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi Yevropa Ittifoqining qarorini bekor qildi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.
Shunga qaramay, sud HAMAS terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilishi munosabati bilan guruhga nisbatan joriy qilingan cheklovlarning kuchini vaqtinchalik saqlab qolishga qaror qildi.
Masalan, ushbu tashkilotning hisob raqami aniqlangan holda uni muzlatib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror yana uch oy davomida amalda bo‘ladi. Sud HAMAS 2001-yilda terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga aniq sabablar bilan emas, balki OAVdagi ayblovlar tufayli kiritilgan deb topgan.