Samarqand iqtisodiyot va servis instituti mutaxassislari yangi “Shesh Besh” kompyuter o‘yinlari dasturini ishlab chiqdilar. Bu haqda O‘zbekiston respublikasi Intellektual mulk agentligi ma’lum qildi.
Dastur mantiqiy fikr yuritishni rivojlantirish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, milliy uslubda tashkil qilingan, qadimgi milliy yodgorliklarni maxsus lavhalari ko‘rinishini ta’minlaydi va Sharq reklamasi dasturi sifatida ko‘rish imkonini beradi. Unda har xil turdagi o‘yinlar, shu bilan birga tarmoq bo‘yicha ulanish muhitini tanlashni nazarda tutadi.
Dastur puxta sinovdan o‘tgan, ishlatishda ishonchli, qulay grafik menyu bilan ta’minlangan va foydalanuvchidan dasturlash sohasida maxsus bilimlarni talab qilmaydi. Shu bilan birga o‘yinning statistikasi olib boriladi, o‘yinni har qanday nuqtada to‘xtatish va to‘xtagan nuqtadan yana davom ettirish imkoniyatini beradi. Ushbu dastur aholining keng qatlami bo‘sh vaqtini unumli tashkil qilishga mo‘ljallangan.
Mualliflar − Zaynalov Nodir Rasulovich, Abdullayev Sardor Shavkatovich, Farmonov Murod Kulmamatovich, Zaynalov Nodir Rasulovich – dasturiy mahsulotga DGU 02785 raqamli guvohnoma oldilar.
Izoh (0)