15-dekabrdan boshlab Microsoft kompaniyasining Skype dasturida ovozli qo‘ng‘iroqlarni bir tildan boshqasiga tarjima qilish imkoniyati yaratildi. Bu haqda The Verge xabar berdi, deb yozadi “Parol” nashri.
Ushbu sinov dasturida Skype ingliz tilidan ispan tiliga yoki ispan tilidan ingliz tiliga tarjima qiladi va ularni matn yoki ovozli tarzda taqdim eta oladi. Skype Translator Preview dasturi Windows 8.1 yoki Windows 10 operatsion tizimida ishlaydi.
Dastur AQSh hamda Meksika o‘quvchilari o‘rtasida sinovdan o‘tkazildi. Yuqoridagi videoda esa uning qanday ishlatilishini tomosha qilishingiz mumkin.
Izoh (0)