Birjada 72 million dollar ishlab topgani xabar qilingan nyu-yorklik o‘smir Muhammad Islom aslida hech qachon haqiqiy aksiyalar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanmagan. Bu haqda uning o‘zi The New York Observer jurnaliga ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
17 yoshli Islom birja savdolariga taqlid qiluvchi dasturlardagina tajribasi borligini ma’lum qilgan. Kiritgan sarmoyasi foyda keltirgani yoki keltirmagani haqidagi savolga Muhammad “yo‘q” deb javob qaytargan. Uning so‘zlariga ko‘ra, birjadagi muvaffaqiyati haqidagi xabar dastlab New York nashrining elektron versiyasida chop etilgan, boshqa nashrlar bu xabarni aynan shu yerdan olgan.
Jurnalistlar uning gaplari ma’nosini buzib ishlatganini ta’kidlagan. Shuningdek, u birjaga taqlidchi dasturdagi strategiyasi haqiqatdan ham yaxshi natijalar keltirganini e’tirof etgan.
Izoh (0)