Tajribali hujumchi Aleksandr Geynrix mavsum yakunlanganidan so‘ng “Lokomotiv”ni tark etmoqchi edi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Futbolchi jamoa uchun tashkil etilgan tadbirda hamma bilan xayrlashishga ham ulgurgandi. Ammo olingan ma’lumotlarga ko‘ra, u yana “Lokomotiv”da qoladigan bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, Geynrix “temiryo‘lchilar”ning 20-dekabrda boshlanadigan yig‘inida ishtirok etadi.
Izoh (0)