Sidneyda bosqinchi tomonidan egallab olingan qahvaxona yonidan o‘tib ketayotganlar bu hududda selfiga tushayotgani ijtimoiy tarmoqlarda keskin tanqidlarga sabab bo‘ldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Ayniqsa, ular selfiga jilmayib tushayotgani Twitter foydalanuvchilarining jahlini chiqargan.
Eslatib o‘tamiz, Sidneydagi Lindt shokolad fabrikasiga tegishli qahvaxona noma’lum bosqinchi tomonidan egallab olinib, ichkaridagi xodimlar va mijozlar asirga olingan. Kun davomida qahvaxonadan jami olti nafar asir qochib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ichkarida 15 dan ortiq odam qolgan.
Izoh (0)