O‘zbekiston hukumati 2015-yil 1-yanvardan e’tiboran mamlakatda ishlab chiqarilgan tamaki mahsulotlari uchun aksiz solig‘i stavkalarini oshirdi. Bu haqda “Podrobno.uz” nashriga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.
Yangi soliq stavkalari O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan belgilangan.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekistonga olib kirilayotgan tamaki yoki uning o‘rnini bosuvchi moddalardan tayyorlangan sigaretlar (kodi TN VED 2402 20) uchun aksiz solig‘i har mingtasi uchun 18,2 dollar darajasida saqlab qolingan. Shuningdek, tamaki yoki uning o‘rnini bosuvchilardan tayyorlangan sigaretlar (kod TN VED 2402 20 900 0) uchun aksiz solig‘i har mingtasi uchun 55 dollar miqdorida belgilangan.
Tarkibida tamaki mavjud bo‘lgan sigara va uchi qirqilgan sigara hamda sigarellalarga nisbatan donasiga 42 dollar qiymatida aksiz solig‘i belgilandi.
Shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan tamaki mahsulotlari uchun aksiz solig‘i miqdori ham oshirildi. Xususan, filtrli sigaretlarning har mingtasi uchun aksiz solig‘i 19 ming 196 so‘mga oshgan bo‘lsa, filtrsiz sigaretlarning har mingtasi uchun aksiz solig‘i 17 ming 451 so‘m qilib belgilandi.
Izoh (0)