O‘zbekiston milliy terma jamoasi BAAning Dubay shahridagi ilk yig‘inini yakunlab, 14-dekabr kuni Toshkentga qaytib keldi, deb xabar beradi O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi.
Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi terma jamoa Dubay shahrida 2-dekabrdan 14-dekabrgacha ikki bosqichdan iborat yig‘inning dastlabkisini o‘tkazdi. Ushbu yig‘in davomida milliy terma jamoa ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Dastlab 4-dekabr kuni Yangi Zelandiyaning “Oklend” klubiga qarshi uchrashuvda 0:0 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, 13-dekabr kuni Falastin terma jamoasiga qarshi o‘yinda Qosimov shogirdlari 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasining OK — 2015 bahslariga tayyogarlik jarayoni ikki bosqichga bo‘linadi va ularning ikkinchisi 17—29-dekabr kunlari BAAda davom etadi. Ushbu yig‘in davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Iordaniya (20-dekabr) va Iroq (25 va 28-dekabr) terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.
Izoh (0)