Buyuk Britaniyada 11 dollarga 14 ta kichik shardan iborat yangi yil bezaklari sotib tugatildi, deb xabar beradi “Rossiyskaya Gazeta”.
Mazkur bezaklarning o‘ziga xosligi shundaki, ular soqolga osongina ilib qo‘yish imkonini beradigan maxsus bog‘ich-to‘g‘nog‘ich bilan jihozlangan. Bunday noodatiy bezaklarni xarid qilishni istaganlar ko‘pligi bois hozirda sotuvchilar ushbu mahsulotlarning yangilari yetkazib berilishini kutmoqda.
Qayd etilishicha, soqol uchun mo‘ljallangan yangi yil bezaklarining mualliflari Buyuk Britaniyaning reklama agentliklaridir. Faqatgina Britaniyada sotilayotgan mazkur bezaklarni xarid qilayotganlarning asosiy qismini 18—40 yoshdagi erkaklar tashkil qilmoqda.
Izoh (0)