2015-yil Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichida ilk marta ishtirok etadigan Toshkentning “Lokomotiv” klubi qur’a natijasida “С” guruhiga tushgan edi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Vadim Abramov shogirdlari guruhdagi ilk o‘yinni safarda Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga qarshi o‘tkazadi. Ushbu o‘yinga muxlislarning kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
OFK Tartib-intizom qo‘mitasi “Al-Hilol”ning uydagi bitta xalqaro o‘yinini muxlislarsiz o‘tkazish haqida qaror qabul qilgan. Ushbu o‘yin aynan “Lokomotiv”ga qarshi uchrashuvga to‘g‘ri keldi.
“Hilol” OChL finalining javob o‘yinida juda katta tartibsizliklarga yo‘l qo‘yganligi uchun OFK jamoaga nisbatan bir qancha jazo choralarini qo‘llagan. Ular orasida yuqoridagi jazo chorasi ham bor.
“Al-Hilol” — “Lokomotiv” o‘yini 2015-yilning 25-fevral kuni “Qirol Fahd” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)