YouTube’dagi videolardan GIF suratlar yartish imkoniyati taqdim etildi. Bu haqda Gizmodo sayti xabar berdi, deb yozadi “Parol” nashri.
YouTube’da videoning 6 soniyali qismidan GIF surat olish imkoniyati mavjud bo‘lib, buning uchun videoni bo‘lishish — Share tugmasi bosiladi va GIF rukni tanlanadi. Shundan so‘ng videoning zarur qismi belgilanib, GIF surat hosil qilishga buyruq beriladi. YouTube esa videodan tayyorlangan GIF surat uchun link taqdim etadi.
Hozirda PBS Ides Channel kabi ayrim YouTube kanallarida ushbu funksiyani uchratish mumkin. Ammo yaqin orada YouTube’dagi barcha videolardan GIF suratlar olish imkoniyati mavjud bo‘lishi xabar qilinmoqda.
Izoh (0)