O‘zbekistonda kreditorlar kiritgan mablag‘i qaytarilishi bo‘yicha ular uchun kafolatlar kuchaytirilishini ko‘zda tutadigan “Bankrotlik” to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi, deb xabar bermoqda UzDaily.
2014-yil 7-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan va 14-noyabr kuni Senat tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining ba’zi qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi” Qonunni O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 2014-yil 11-dekabr kuni imzoladi.
Qonun kreditorlar kiritgan mablag‘i qaytarilishi bo‘yicha ular uchun kafolatlarni korxona bankrotga uchragan taqdirda ularning talablarini qondirish navbatiga o‘zgartirish kiritish asosida kuchaytirilishini ko‘zda tutadi.
Izoh (0)